Namanganda gaz “zapravka”da navbat kutayotgan haydovchi vafot etdi

Jamiyat

image

Namangan shahrida joylashgan gaz to‘ldirish shoxobchalarining birida 1952 yilda tug‘ilgan fuqaro vafot etgan. Bu haqida Bosh prokuratura Matbuot xizmati QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi.

Namangan shahar Davlatobod tumani IIO FMB navbatchilik qismining bugun, 10 yanvar kuni soat 01:30 larda bergan xabariga ko‘ra, shu kuni Kosonsoy tumani “Obod” MFY Xo‘jaqo‘rg‘oncha ko‘chasi 71-uyda yashagan I.J. o‘ziga tegishli bo‘lgan “Jiguli” rusumli avtomobiliga metan gaz yoqilg‘isini quyish uchun Namangan shahar “Yuksalish” MFY hududida joylashgan “Namangan suyuqgaz” MCHJ gaz quyish shahobchasiga kelgan. U avtomobilini surib harakatlantirib kelayotgan vaqtida to‘satdan asfalt yo‘lakka chap yuzi bilan yiqilib, urilishi oqibatida chap yuz sohasi va bosh miya chap sohasidan olgan tan jarohatidan hodisa joyida vafot etgan.
  
Voqea joyiga shahar prokurorining o‘rinbosari, shahar prokurorining katta yordamchisi va shahar IIO FMB tezkor xodimlari chiqqan. Dastlabki tibbiy ma’lumotnomada marxum I.J. tez yordam bo‘limi yetib kelgan vaqtda vafot etib bo‘lgani, yuz sohasida shilinish japrohatlari borligi, tanasida tan jarohatlari yo‘qligi ma’lum qilingan. 

Voqea joyi va marxum I.J. ning murdasi sud-tibbiy ekspert va kriminalist mutaxassislarlar ishtirokida tashqi ko‘zdan kechirilganda, tan jarohatlari aniqlanmagan. Voqea joyi ko‘zdan kechirilib, marhumning vafot etgani holati sabab sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

Bosh prokuraturaga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Namangan shahar prokuraturasi tomonidan tergovoldi tekshiruv harakatlari olib borilmoqda, natijasi haqida qo‘shimcha ravishda axborot berilishi ta’minlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

657

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing