Namanganda fuqaroni himoya qilgan “uchastkoviy” pichoqlandi

3-sahifa

image

Namangan viloyatining Chortoq tumanida pul oldi-berdisi sabab janjallashgan fuqarolarni to‘xtatishga uringan profilaktika inspektori pichoqlandi.

Ma’lum qilinishicha, o‘tgan yilning dekbr oyida tanishiga 4,5 mln so‘m qarz bergan fuqaro sal kam 1 yil davomida o‘z pullarini qaytarib ololmagani bois Chortoq tumani IIBga murojaat qilib, pullarini undirib berishni so‘ragan.

Profilaktika katta inspektori kapitan Obid Botirov ariza muallifi bilan ko‘rsatilgan manzilga borib vaziyatni tushuntiradi. Qarzdorga u IIBga borishi aytilgach, fuqaro xonadoniga kirib ketadi va birozdan so‘ng oshxona pichog‘ini olib chiqib, arizachiga tashlanib ketadi. Pichoq esa fuqaroga emas, uni himoya qilishga uringan profilaktika inspektoriga sanchiladi.

Og‘ir jarohat olgan inspektorni arizachi o‘z avtomobilida Chortoq tuman tibbiyot birlashmasiga olib borgan. Tibbiy muolajalar natijasida uning hayoti saqlab qolingan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

628

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing