Namanganda fuqarolarni aldagan firma rahbari qo‘lga tushdi

3-sahifa

image

Namangan viloyatida xorijga ishga yuborishni va’da qilganlar ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, Namangan shahridagi konsalting firma rahbari mahalliy fuqaroning ishonchiga kirgan holda, tanishlari orqali uni Janubiy Koreya davlatiga ishga yuborish evaziga 10 ming dollar talab qilib, oldindan 1,5 ming dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Namangan shahrida faoliyat olib boruvchi boshqa bir konsalting firma ish yurituvchisi o‘zining tanishlari orqali To‘raqo‘rg‘on tumanida istiqomat qiluvchi fuqaroni Latviya davlatiga ishga yuborish evaziga 2 ming dollar olgan vaqtida ushlangan.

Hozirda har ikki holat yuzasidan qonunbuzarlarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahri va Qashqadaryo viloyatida Umra ziyoratiga olib borishni va’da qilib, odamlarni chuv tushirgan shaxslar ushlangandi. Ularga Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Namangan firibgarlik Janubiy Koreya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing