Namanganda fuqarolarga qalbaki aviachipta sotgan ayolga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Namangan viloyati Mingbuloq tumanida fuqarolarga o‘zini aviakassa xodimi sifatida tanishtirib, ularga qalbaki aviachiptalarni sotib kelgan ayol ushlandi. U 82 kishiga qalbaki aviachipta sotgan. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 17 mart kuni Mingbuloq tumanida yashovchi 47 yoshli fuqaro va boshqalar tuman IIB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilgan. Murojaatda aytilishicha, fevral va mart oylarida Norin tumanida yashovchi 25 yoshli ayol Mingbuloq tumani Jomashuy shaharchasida soxta aviakassa ochib, fuqarolarga aviachipta sotgan. 

O‘zini aviakassa xodimi sifatida tanishtirgan ayol fuqarolardan aviachipta uchun 2 million so‘mdan, COVID-19 haqidagi ma’lumotnoma uchun esa 3 million 500 ming so‘mdan pul olgan. Umumiy hisobda 82 nafar fuqaroni “uxlatgan”. Ayol pullarning hammasini shaxsiy manfaatlari yo‘lida ishlatib yuborgan.

Xabarga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

68

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing