Namanganda erkak qo‘shni ayolni chopib tashladi
3-sahifa
−
07 iyul 2023
17080Namanganda erkak qo‘shni ayolni chopqi bilan chopib tashladi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi.
Joriy yilning 12 iyun kuni Namangan shahri “Olvalizor” mahallasida yashovchi X.A. qo‘shnisi M.T. bilan oldindan o‘rtalarida bo‘lib kelayotgan uy-joy nizosi yuzasidan janjallashib qolgan. U xonadonidan temir “lom”ni olib chiqib, unga xujum qilganida shu joyda bo‘lgan fuqarolar tomonidan to‘xtatib qolingan.
Fuqaro M.T. viloyat Ichki ishlar boshqarmasiga qo‘ng‘iroq qilib, X.A.ga nisbatan chora ko‘rilishini so‘ragan.
Mazkur murojaat bo‘yicha surishtiruv harakatlari olib borilib, X.A.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasiga asosan ma’muriy chora ko‘rish yuzasidan hujjatlar rasmiylashtirilib, 3 iyul kuni ko‘rib chiqish uchun sudga yuborilgan.
Fuqaro X.A. o‘ziga nisbatan M.T.ning murojaati bo‘yicha chora ko‘rilayotganidan g‘azablanib, uni qasddan o‘ldirish maqsadida 4 iyul kuni soat 16:00 larda o‘zining egizak akasi bilan birga 1 dona chopqi va pichoq bilan qurollanib, M.T.ning uyiga kelgan.
Ayol uyining tashqarisiga chiqqanida X.A. uni yerga yiqitib, o‘zi bilan olib kelgan chopqi yordamida qorin va yelka sohalariga bir necha marotaba urib, ikki qo‘li kaft sohasidan chopqi bilan chopib tashlagan. Bu voqea ayolning farzandini ko‘z o‘ngida yuz bergan.
M.T. olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Namangan shahar prokuraturasi tomonidan X.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksning 97-moddasi 2-qismi “j” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. U Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan.
LiveBarchasi