Namanganda er-xotin uyga qo‘shilib yonib ketdi
3-sahifa
−
02 yanvar 2023
8910Namangan viloyatining Kosonsoy tumanida yuz bergan yong‘inda bir oilaning ikki a’zosi, er-xotin uyga qo‘shilib yonib ketdi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Holat kecha, 1 yanvar kuni qayd etilgan. Soat 05:00 da Kosonsoy tumani “Navbahor” Maxalla fuqarolar yig‘ini xududidagi xonadonlarni birida yong‘in sodir bo‘lgan. Yong‘in oqibatida yashash uyiniing shift qismidan 20 kv metr joyi hamda uy jihozlari yonib zararlangan.
Yong‘in vaqtida xonadon egasining o‘g‘li 1994 yilda tug‘ilgan erkak va uning turmush o‘rtog‘i 1995 yilda tug‘ilgan ayol fuqarolarning kuygan holdagi jasadi topilgan.
Hozirda sodir bo‘lgan yong‘in yuzasida tergovga qadar surushtiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 31 dekabr kuni Namangan shahar “Baynalminal” mahallasidagi xonadonlardan birida yong‘in chiqib, unda uy ichida bo‘lgan 1-guruh nogironi yonib ketgan edi.
LiveBarchasi
Dollar kursi biroz pastladi.
04 dekabr