Namanganda daryo ustida muvaqqat ko‘prik qurilyapti

Jamiyat

image

Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari Namangan viloyatining Uychi hamda Norin tumanlari orasidagi daryo o‘zani uzra ko‘prik qurishga kirishdi. Bu haqda vazirlik xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Farg‘ona halqa yo‘lining 93-kilometrida joylashgan ushbu ikki tumanni viloyat markazi bilan bog‘lab turuvchi “Norindaryo” ko‘prigida bundan 2-3 oy avval darz ketish alomatlari sabab harakatlar to‘xtatilgan. Mazkur ko‘prik 1962 yilda foydalanishga topshirilgan bo‘lib, qariyb 60 yilga yaqin vaqt davomida xalqqa xizmat qilib kelgan. 

Bugungi kunda minglab fuqarolar ishga, o‘qishga, bozorga hamda o‘zlarining boshqa ehtiyojlari yo‘lida daryoni qayiq orqali kesib o‘tib o‘tmoqda.

Mudofaa vazirligi ko‘prik bitgunga qadar aholiga qulaylik yaratish, uzog‘ini yaqin qilish maqsadida vaqtinchalik ko‘prik qurishga kirishgan.

Ayni vaqtda Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari Muhandislik qo‘shinlari xizmatining bir guruh mutaxassislari maxsus texnikalar yordamida ko‘prikni qurish ishlarini amalga oshirmoqda. Daryo uzra qad ko‘tarayotgan ko‘prik uzunligi 40 metrni, eni esa — 3,8 metrni tashkil etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

215

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing