Namanganda dahshatli YTH. 17 yashar o‘smir yigit vafot etdi

3-sahifa

image
Namanganda poyezd va Gentra to‘qnashishi oqibatida 17 yoshli haydovchi halok bo‘ldi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.
 
Qayd etilishicha, voqea 2021 yilning 29 dekabr kuni soat 10:30 atrofida Andijon-Toshkent temir yo‘l oralig‘idagi 112 km 4 piketida, Pop tumani "Mag‘izor" mahallasi hududidan o‘tgan qo‘riqlanmaydigan temir yo‘l kesishmasida sodir bo‘lgan. Shu tumanda yashovchi, 2003 yilda tug‘ilgan Gentra haydovchisi to‘xtash belgisiga amal qilmay harakatlangani uchun Toshkent viloyati Chinoz tumanida yashovchi, 1983 yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvidagi shaharlararo poyezd bilan to‘qnashgan.
 
Oqibatda 17 yoshli Gentra haydovchisi olgan tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan.
 
Xabarga ko‘ra, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

402

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing