Namanganda Cobalt chirpirak bo‘lib, kanalga tushib ketdi. Haydovchi vafot etdi

3-sahifa

image

Namangan viloyatida haydovchi boshqaruvni yo‘qotishi natijasida Cobalt avtomashinasi kanalga tushib ketdi. Avtomobil haydovchisi esa vafot etdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar bermoqda.

Voqea, kecha, 10 sentyabr kuni Namangan viloyatining Chortoq tumanida sodir bo‘lgan.

Haydovchi burilish vaqtida avtomobil boshqaruvini yo‘qotgan. Natijada avtomobil bir necha marota ag‘darilgan va yaqin atrofdagi “Namangan” kanaliga tushib ketgan. Avtomobil ag‘darilgan vaqtdagi kuch haydovchini mashinadan uloqtirib yuborgan va u voqea joyida vafot etgan.

Avtomashina ichida bo‘lgan bir nafar ayol suv ostida qolgan mashinadan xavfsiz chiqib ketishga muvaffaq bo‘lgan. Jabrlanuvchi shifoxonaga yetkazilgan. Mashina esa maxsus texnikalar yordamida kanaldan olib chiqilgan.

Ahrorbek Hayrullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

222

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing