“Qamchiq”da yongan benzovoz qurbonlari haqida ma’lumot berildi

3-sahifa

image

Avvalroq Namangan viloyati Pop tumanida benzin tashuvchi yuk avtomobili ag‘darilib ketgani haqida xabar berilgandi. Yo‘l harakati havfsizligi bosh boshqarmasi xabar berdi.

Kecha, 1 iyul kuni soat 14:40 larda Namangan viloyati Pop tumani hududidan o‘tuvchi xalqaro ahamiyatga ega A-373 Toshkent – O‘sh avtomobil yo‘lining 259-kilometrida 1985 yil tug‘ilgan haydovchi J.Ya. DAF rusumli yuk avtomobilida harakatlanib borayotgan vaqtida boshqaruvni yo‘qotgan va yo‘lning o‘ng tomonidagi pastlikka ag‘darilishi oqibatida yong‘in sodir bo‘lgan.

Haydovchi J.Ya. va uning yonida bo‘lgan yo‘lovchisi — 1985 yilda tug‘ilgan B.B. olgan tan jarohatlari natijasida voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat bo‘yicha tuman IIB TB tomonidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

547

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing