Namanganda “avtoshkola” avtomobili YTHga uchradi. Bir kishi vafot etdi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Namanganda Gentra rusumli avtomobil Cobalt rusumli o‘quv avtomobili bilan to‘qnashdi. Oqibatda haydovchilardan biri voqea joyida vafot etdi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Farg‘ona halqa yo‘li avtomobil yo‘lining 93-kilometrida harakatlanib ketayotgan Gentra haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi tarafdan harakatlanib kelayotgan Cobalt rusumli o‘quv avtomobili bilan to‘qnashuv sodir etgan. 

Yo‘l-transport hodisasi oqibatida Gentra haydovchisi voqea joyida vafot etgan. Cobalt o‘quv avtomobilida bo‘lgan haydovchi hamda uning yo‘lovchisi shifoxonaga yotqizilgan.

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

260

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing