Namanganda ariqqa ag‘darilgan mashina haydovchisi vafot etdi

3-sahifa

image

Namangan viloyatida “VAZ-2106” avtomobili ariqqa tushib ketishi oqibatida 55 yoshli haydovchi vafot etdi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Qayd etilishicha, joriy yil 24 avgust kuni soat 16:00 da Haqqulobod—Uchqo‘rg‘on yo‘lining 12-kilometrida Uychi tumanida yashovchi, 1966 yilda tug‘ilgan fuqaro Namangan shahrida yashovchi, 1962 yilda tug‘ilgan fuqaro nomida bo‘lgan “VAZ-2106” rusumli avtomashinani ishonch qog‘ozi bilan boshqarib borayotganida, harakat xavfsizligini ta’minlay olmay, yo‘lning o‘ng tomoniga chiqib ketgan. Oqibatda boshqaruvni yo‘qotib, ariqqa ag‘darilgan. 

Ushbu baxtsiz hodisa natijasida, haydovchi bosh miya yopiq shikasti, boldir suyagining yopiq sinishi tashxisi bilan tan jarohati olib, shifoxonada ko‘rsatilgan tez tibbiy yordamga qaramay, vafot etgan. 

Mazkur holat bo‘yicha hozirda Uchqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o‘limiga sabab bo‘lgan transport boshqarish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

101

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing