Namangandagi ariqda qon oqmoqda

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyatida maktab va mahalla arig‘ida har kuni qon oqayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan Namangan viloyati Ekologiya boshqarmasi Matbuot xizmati izoh berdi. 

Qayd etilishicha, holat Namangan shahar Yangi Namangan tumani "Ishonch" MFY Gazina ko‘chasida joylashgan xususiy tadbirkorlarga tegishli "Hayvon so‘yish" shoxobchalarida kanalizatsiya tarmog‘idagi nosozlik sabab sodir bo‘lgan. Kanalizatsiya tarmog‘i esa mahalliy aholi sug‘orish tarmog‘iga toshib chiqqan.

Hozirda ushbu hayvon so‘yish shoxobchalari faoliyati veterinariya-sanitariya hamda ekologiya talablariga javob bermagani uchun kanalizatsiya tizimidagi muammolar bartaraf etilguniga qadar vaqtinchalik to‘xtatilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1055

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing