Namanganda 13 yashar bola Norin daryosiga tushib, bedarak yo‘qoldi

Jamiyat

image

Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi 13 yoshli bola Norin daryosiga cho‘milgani tushib, bedarak yo‘qolgan. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Matbuot kotibi Murod Sodiqov ma’lum qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, joriy yil 5 avgust kuni soat 18: 40 atrofida Uchqo‘rg‘on tumani O‘rdabog‘ mahallasida yashagan 42-sonli maktabning 8-sinf o‘quvchisi A.R. dehqon bozoridan chiqib, yaqindan oqib o‘tuvchi Norin daryosiga cho‘milgani tushgan va shundan so‘ng bedarak yo‘qolgan.

6 avgust kuni bolaning ota-onasi va yaqinlari tuman favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga murojaat qilgan. Vazirlikning ma’lum qilishicha, har kuni 40 ga yaqin g‘ovvos Norin daryosining Uchqo‘rg‘on tumanidan boshlab, Pop tumanigacha bo‘lgan qismidan bolani izlamoqda. Bundan tashqari suvga maxsus to‘r ham tashlangan. Shuningdek, tuman favqulodda vaziyatlar bo‘limi yong‘in qutqaruvchilari tomonidan suv ustida qidiruv ishlari olib borilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekistonning Namangan viloyati hududidan oqib o‘tuvchi Norin daryosining uzunligi 807 km, havzasining maydoni esa 59,9 ming kilometr kvadratdan iborat bo‘lib, bu yerda cho‘milish qat’iyan taqiqlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

84

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing