Namanganda 12 kishi Qirg‘iziston arog‘idan zaharlandi. Ikki erkak vafot etgan
Jamiyat
−
05 yanvar 2021
67052020 yil 29-31 dekabr kunlari Namangan viloyatining To‘raqurg‘on tumanida 12 nafar fuqaro Qirg‘iziston Respublikasi aksiz markasi yopishtirilgan “Gradusnik” nomli spirtli ichimlik iste’mol qilgani oqibatida shifoxonaga o‘tkir zaxarlanish tashxisi bilan yotqizilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan zarur tibbiy yordamga qarmasdan, ularning ikki nafari vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan To‘raqurg‘on tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilayotgani ma’lum qilindi.
LiveBarchasi