Namanganda 1 mlrd so‘m imtiyozli kredit noqonuniy o‘zlashtirib yuborildi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Namangan viloyati Mingbuloq tumanida 1 mlrd so‘m imtiyozli kreditni noqonuniy o‘zlashtirgan shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mingbuloq tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “G” MCHJ  rahbari I.D. va boshqalar oldindan til biriktirib,  bank muassasasidan avtomobillarga texnik va maishiy xizmat ko‘rsatish markazini tashkil etish uchun ajratilgan 1 mlrd so‘m imtiyozli kreditni soxta hujjatlarni tuzish orqali naqdlashtirishib, o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan I.D. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlarni qalbakilashtirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

388

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing