Namanganda hokim arxeologik yodgorlik yer maydonini tadbirkorga berib yubordi
3-sahifa
−
05 iyul 2022
8374Namanganda "Uychi manzilgohi” arxeologik yodgorligiga Uychi tumani hokimining qarori bilan bilan katta zarar yetkazilgani aniqlandi. Bu haqda Madaniy meros agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Uychi tumani "Pastguzar" MFY Beruniy ko‘chasida joylashgan "Uychi manzilgohi (BT-3)" arxeologik yodgorligi bo‘lishiga qaramay, tuman hokimining 2019 yil 6 apreldagi 1473-sonli qaroriga asosan fuqaro T.D.ga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun noqonuniy tarzda berib yuborilgan.
Joriy yilning aprel oyida T.D. mazkur tepalikni uzunasiga 53 metr, eniga 40 metr, balandligi 16 metr, jami 0.21,4 ga maydonini texnika yordamida kovlab, madaniy meros ob’ektini buzib, katta miqdorda zarar yetkazgan.
Namangan viloyati Madaniy meros boshqarmasi tomonidan holat o‘rganilib, to‘plangan hujjatlar Namangan viloyati prokuraturasiga qonuniy chora ko‘rish uchun yuborilgan.
Mazkur holat yuzasidan Namangan viloyat prokuraturasi tomonidan Uychi tuman hokimligi mansabdor shaxslari hamda MCHJ rahbariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov va surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi