Namangan viloyati SES rahbari o‘zgardi
Jamiyat
−
27 Oktabr 2020 8745 1 daqiqa
Rahmonjon Olimjonovich Abdullayev Respublika Sanitariya-epidemologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Rahmonjon Abdullayev 1962 yil 1 yanvar kuni Namangan viloyati Chust tumanida tavallud topgan. Ma’lumoti oliy, 1986 yili Toshkent Davlat tibbiyot institutini sanitariya-gigiyena va epidemiologiya vrachi mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 1986 yilda Namangan shahar sanitariya-epidemiologiya stansiyasida vrach- epidemiologdan boshlagan. U 1996-2017 yillar mobaynida Namangan shahar sog‘liqni saqlash bo‘limi, viloyat hokimligi, Chust tumani tibbiyot kasb-hunar kolleji, Namangan viloyati Davlat sanitariya-epidemiologik nazorati markazi, Respublika Sog‘liqni saqlash vazirligi DSENMda turli mas’ul lavozimlarda ish olib borgan.
Rahmonjon Abdullayev 2017 yil 4 sentyabrdan buyon Namangan viloyati OITSga qarshi kurash markazi bosh vrachi sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi. U “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan. Tibbyot fanlari nomzodi ilmiy darajasiga ega.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025