Namangan viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Jamiyat

image

Botirjon Qodirxonovich Nuriddinov Namangan viloyati hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – viloyat turizm va sport bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Botirjon Nuriddinov 1976 yil 14 dekabr kuni Namangan shahrida ziyolilar oilasida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 1998 yili Namangan muhandislik-pedagogika institutini, 2010 yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini, 2016 yil Yaponiya davlati Osiyo va Tinch okeani universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi iqtisodchi-menedjer, xalqaro aloqalar.

Mehnat faoliyatini 1998 yilda “O‘z-Elektroterm” aksionerlik jamiyati mutaxassisi vazifasidan boshlagan. U 2000-2020 yillar mobaynida Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari bo‘yicha Namangan viloyati boshqarmasi, Namangan viloyati ko‘chmas mulk birjasi, “O‘zagrosug‘urta” Davlat aksionerlik sug‘urta kompaniyasi Namangan shahar bo‘limi, Namangan shahar hokimligi hamda Yaponiyadagi “Hopeas” savdo kompaniyasida turli mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritgan.

Botirjon Nuriddinov 2020 yil 20 oktyabrdan buyon hozirga qadar Namangan viloyati hokimining turizm va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimida ishlab kelgan.


Maqola muallifi

Teglar

Botirjon Nuriddinov

Baholaganlar

91

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar