Namangan viloyati hokimi o‘rinbosari vafot etdi
Jamiyat
−
07 Oktabr 2020
8717Namangan viloyati hokimining o‘rinbosari Bahromjon Nurmatov og‘ir xastalikdan so‘ng 56 yoshida vafot etdi. Bu haqdagi QALAMPIR.UZ’ning viloyatdagi rasmiy manbasi tasdiqladi.
Marhum 2017 yildan buyon Namangan viloyati hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
U 1964 yilning 1 yanvar kuni Namangan viloyati, Namangan tumanida tug‘ilgan.
Ma’lumoti – oliy. 1986 yilda Toshkent politexnika institutini (kunduzgi), 2000 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan edi.
1986-1998 yillarda – To‘raqo‘rg‘on tumanidagi 148-xo‘jaliklararo mexanizatsiyalashgan ko‘chma kolonna g‘isht teruvchisi, qurilish ustasi, texnika havfsizligi muhandisi, qurilish ustasi, ish yurituvchisi, boshliq o‘rinbosari
1998-1998 yillarda – To‘raqo‘rg‘on tumanidagi 7-mexanizatsiyalashgan ko‘chma korxona boshlig‘i;
1998-1998 yillarda – “O‘zsanoatqurilish” assotsiatsiyasi sanoat-qurilish materiallari kombinatining To‘raqo‘rg‘on tumanidagi 4-qishloq qurilish kombinati direktori;
1998-1999 yillarda – Namangan “Jamoa sanoat qurilish” assotsiatsiyasi boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari;
1999-2000 yillarda – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi tinglovchisi;
2000-2001 yillarda – Namangan “Jamoa sanoat qurilish” assotsiatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari;
2001-2006 yillarda – Namangan “Jamoa sanoat qurilish” assotsiatsiyasi boshqaruvi raisi;
2006-2009 yillarda – Namangan viloyati hokimligining yagona buyurtmachi-injiniring kompaniyasi direktori;
2009-2016 yillarda – Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumani hokimi;
2016-2017 yillarda – Namangan viloyati hokimligining Yagona buyurtmachi injiniring kompaniyasi direktori lavozimlarida ishlagan.
Bahromjon Nurmatov bugun, 7 oktyabr kuni Toshkent shahridagi klinikalardan birida og‘ir xastalikdan vafot etgan.
QALAMPIR.UZ tahririyati a’zolari marhumning oilasi va yaqinlariga hamdardlik bildiradi.
LiveBarchasi