Namangan va Samarqandda noqonuniy yer sotayotganlar ushlandi

3-sahifa

image

Namangan va Samarqand viloyatlarida noqonuniy yer sotish bilan bog‘liq holatlar aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Namangan viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro A.N. boshqa bir fuqaro M.ning ishonchiga kirib, unga 7 ming AQSH dollari evaziga Kosonsoy tumani “Jar” MFY hududidan uy-joy qurish uchun tanishlari orqali 10 sotix yer maydoni ajratib berishni va’da qilib, oldindan 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 

Shuningdek, Departament hamda DXXning Urgut tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda tumandagi “N.” oilaviy korxonasi rahbari S.N. “J.” agrofirmasi hududidagi limon yetishtirishga ixtisoslashgan 1,48 gektar yer maydonini fuqaro M.ga 12 ming AQSH dollariga firibgarlik yo‘li bilan sotmoqchi bo‘lgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

79

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing