“Namangan suv qurilish invest” DUK manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ygani aniqlandi
Jamiyat
−
08 Sentabr 2021
4458Namangan viloyati suv qurilish sohasidagi qonunbuzishlari aks ettirilgan ijtimoiy tarmoqdagi post yuzasidan o‘rganish olib borildi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi “Namangan suv qurilish invest” davlat unitar korxonasida “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonun va boshqa qonunosti hujjatlari ijrosi yuzasidan tekshiruv o‘tkazdi.
Unda, suv qurilish ob’ektlari bo‘yicha o‘tkazilgan tender (tanlov)larda manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘yilgani, kasbiy odob-axloq qoidalari qo‘pol ravishda buzilgan aniqlangan.
Jumladan, “Namangan suv qurilish invest” davlat unitar korxonasi buyurtmachiligida 2019-2020 yillarda o‘tkazilgan qiymati 8,5 mlrd so‘mlik 3 ta tanlov va 1 ta tenderda “Norin suv qurilish” MCHJ g‘olib bo‘lib, ushbu jamiyatda buyurtmachi korxona rahbari “A.K” ning farzandlari 100 foiz ta’sis ulushiga ega bo‘lgan.
Biroq, “Namangan suv qurilish invest” davlat unitar korxonasi rahbari “A.M” qiymati 8,1 mlrd. so‘mlik 2 ta tanlovda bevosita komissiya raisi va 1 ta tenderda komissiya raisi o‘rinbosari sifatida qatnashgan bo‘lsa-da, tanlovlar o‘tkazilishi jarayonida farzandlariga qarashli jamiyatlar ishtiroki haqida yuqori turuvchi rahbariga yozma ravishda xabar bermagan holda manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ygan.
“Namangan suv qurilish invest” davlat unitar korxonasi buyurtmachiligida 2020 yilda o‘tkazilgan qiymati 410 mln so‘mlik 1 ta tanlovda “Osiyo trans servis” MCHJ g‘olib bo‘lib, ushbu jamiyatda buyurtmachi korxona direktori o‘rinbosari B.D 26,6 foiz ta’sis ulushiga ega bo‘lgan.
Yuqorida keltirilgan holatlar bo‘yicha Agentlik tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligiga taqdimnoma kiritilgan.
LiveBarchasi