Namangan Square Ramazon hayiti bilan qutlaydi!

Biznes 5442
image

Namangan Square jamoasi O‘zbekiston aholisini muqaddas Ramazon hayiti bilan tabriklaydi va barchaga tinchlik va farovonlik, har bir uyga ezgulik va baraka tilaydi!
Namangan Square — Namanganning yangi biznes markazidagi ko‘p funksiyali turar joy majmuasi. “Shahar ichida shahar” uslubidagi loyiha Namangan markazida hamma qulayliklarga ega hayot kechirish uchun barcha shart-sharoitlarga ega bo‘ladi.

Yashash hududi

Qurilishdagi ko‘p yillik tajribamiz majmuadagi yashash hududini barcha jahon standartlariga mos tarzda rejalashtirishimizga imkon berdi. 1 500 xonadondan har biri barcha qulayliklarga ega tarzda tayyorlangan, mustahkam va ishonchli ko‘p qavatli devorlar shovqin va issiqlikdan himoya qiladi, shuningdek, gidroizolyatsiyaga ham ega. Xonadon derazalaridan ko‘rkam yashil hovli namoyon bo‘ladi va xonalarda toza havoning uzluksiz sirkulyatsiyasi mavjud. Bundan tashqari har bir xonadon pardozlangan, tayyor ta’mirga ega, sanuzellar soni esa xonalar soniga mutanosib. Tepa qavatlardan ochiq osmon ostidagi basseynga ega shinam terrasasi bor pentxaus ham xarid qilishingiz mumkin, bu yerda siz hordiq chiqazib, maroqli dam olasiz, qavatga faqat siz va yaqinlaringiz kira olishadi.

Bundan tashqari majmua shaxsiy Clubhouse’siga ega, u badminton, bilyard, stol tennisi, fitnes markazi, SPA, basseyn, konferens-zallar, kutubxona, restoran, qahvaxona va karaoke kabilarni o‘z ichiga oladi.
Sizning dam olishingiz va sog‘lom turmush tarziga amal qilishingiz uchun majmuadan futbol va basketbol hamda golf maydonlari ham joy olgan, shuningdek, bu yerda ko‘plab favvoralar, parklar, sport va bolalar maydonchalari mavjud.

Siz va yaqinlaringizning qulay va zamonaviy xonadonlarga tezroq ko‘chib kirishlari uchun ayni vaqtda yashash hududlarining qurilishi jadal sur’atlarda bormoqda.

Tijorat hududi

Namangan Square’ning aeroport va temir yo‘ldan bir kilometr uzoqlikda qad ko‘tarishi tufayli majmua biznesingiz uchun gavjumlikni ta’minlaydi. Biznesingiz ravnaq topishi va biz bilan bo‘lgan hamkorligingiz samarali bo‘lishi uchun mintaqaning o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganib chiqdik. 

Majmua hududida Central Plaza faoliyat ko‘rsatadi, bu tijorat sektori uchun start nuqtasi bo‘lib xizmat qiladi. Ulkan favvoralari mavjud shinam park hududi aholi va shahar mehmonlarining sevimli maskaniga aylanadi va biznesingiz nufuzini ta’minlaydi.
Shuningdek, sizda hashamatli ofislarga ega 18 qavatli egizak minoralar — Iconic Towers’dan joy ijaraga olish imkoniyati ham mavjud. Turdoshlari ichida birinchi bo‘lgan ushbu loyiha Namanganni Farg‘ona viloyatining iqtisodiy markaziga aylantiradi.

Bulardan tashqari majmuada turli do‘konlar, kafe va restoranlarga hamda tungi bozorga ega xushmazara, gavjum xiyobon —  Boulevard Plaza ham faoliyat yuritadi. 320 metrdan uzunroq bo‘lgan keng maydon va turli-tuman uslub yuqori gavjumlikni ta’minlaydi.
Tijorat hududlarining har biri barcha qulayliklarga ega, biz har bir mijozga individual yondashamiz, siz faqatgina biznesingizni kengatirishingizni o‘ylashingiz uchun eng maqbul sharoitlarni sizga taklif qilamiz.

Bog‘lanish uchun telefon: 1145

Batafsil ma’lumot uchun saytimizga tashrif buyuring

Facyebook’da do‘stlaringiz bilan bo‘lishing

Instagram’da yangiliklardan boxabar bo‘ling 

Telegram kanalimizga a’zo bo‘ling

Reklama huquqi asosida

.
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 10
Reyting: 3.3
t
×