Namangan shahrida yangi tuman tashkil etildi

Jamiyat

image

Namangan shahri tarkibida Yangi Namangan tumani tashkil etildi. Tegishli qaror Oliy Majlis Senatining o‘n to‘rtinchi yalpi majlisida ko‘rib chiqib, qabul qilindi.

Yangi Namangan tumani 8,2 ming gektar yer maydon va 155,6 ming nafar aholisiga ega.

Yangidan tashkil etilgan tuman hududiga 24 ta mahalla fuqarolari yig‘ini, 21 ta umumta’lim maktabi, 40 ta maktabgacha ta’lim muassasasi, 2 ta tibbiyot muassasasi va 12 ta shifoxona o‘tkazilmoqda.

Yangi Namangan tumanining sanoat va ishlab chiqarishdagi rolini oshirish maqsadida istiqbolda 16 ta sanoat korxonalari va 4 ta kichik sanoat zonalari foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.

Qayd etilishicha, buning natijasida sanoat korxonalarida ishlab chiqariladigan mahsulot hajmlarining shahar sanoatidagi umumiy ulushi 1 trln so‘mga yetkazilib, minglab yangi ish o‘rinlari yaratiladi.

Mazkur masala yuzasidan Oliy Majlis Senatining tegishli qarori qabul qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Yangi Namangan

Baholaganlar

139

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made