Otasining mashinasini mingan 9-sinf o‘quvchisi bir kishining umriga zomin bo‘ldi 

3-sahifa

image

Joriy yilning 8 oktyabr kuni Namangan viloyatida 9-sinf o‘quvchisi boshqaruvidagi Nexia qarama-qarshi yo‘ldagi Matiz rusumli avtomobilga urilib, YTH sodir etdi. Oqibatda bir yo‘lovchi halok bo‘ldi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi

Qayd etilishicha, voqea soat 15:00 da Uychi tumanidan o‘tuvchi R-263 aylanma yo‘lining 7 kilometrida sodir bo‘lgan.

2007 yilda tug‘ilgan 9-sinf o‘quvchisi otasining nomida bo‘lgan Nexia rusumli avtomobilni tegishli hujjatlarsiz haydab ketayotib, boshqaruvni yo‘qotgan. Buning ortidan u qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketib, 1996 yilda tug‘ilgan fuqaroning boshqaruvida bo‘lgan Matiz rusumli avtomobil bilan to‘qnashuv sodir etgan.

Oqibatda, Matiz rusumli avtomobilda bo‘lgan yo‘lovchi – 1998 yilda tug‘ilgan fuqaro voqea joyida vafot etgan. Bundan tashqari, ikki haydovchi va yana bir yo‘lovchi miya yopiq shikasti, bosh miya chayqalishi tashxisi bilan tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Xabarga ko‘ra, ushbu holat bo‘yicha Uychi tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan voqea sodir bo‘lgan kunning o‘zidayoq  Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Eslatib o‘tamiz, oktyabr oyining boshida Namanganda yana bir mudhish YTH yuz berib, unda bir-biri bilan to‘qnashgan M-412 va Nexia-2 rumsumli avtomobillari orasida qolib ketgan 3-sinf o‘quvchisi vafot etgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

176

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing