Namangan hokimining avtomobili YTHga uchradi 

3-sahifa

image

Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqovning xizmat avtomobili yo‘l-transport hodisasiga uchrab, unda piyoda jabrlangani haqida xabarlar tarqaldi.

QALAMPIR.UZ holatga aniqlik kiritish maqsadida viloyat IIB matbuot kotibi bilan bog‘landi. U Uychi tumanida hokim avtomobili ishtirokida YTH sodir bo‘lganini tasdiqladi. Biroq, hodisada jabrlanganlar haqida ma’lumot bermadi. 

IIB vakiliga ko‘ra, hokimlik tez orada holatga rasmiy izoh beradi.

Namangan viloyati hokimligi matbuot kotibidan holat bo‘yicha axborot olishga urinishlarimiz foyda bermadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

801

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing