Namangan hokimiga birinchi “zam” tayinlandi

Jamiyat

image

Akramjon Abduvahobovich Abduhamidov Namangan viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – viloyat iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasi boshlig‘i  lavozimiga tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Akramjon Abduhamidov 2022 yildan tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Nazorat inspeksiyasi bosh konsultanti lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Ma’lumot uchun, Akramjon Abduhamidov 1973 yilda Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. 1997 yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini, 2000 yilda Bank-moliya akademiyasini tamomlagan. Mehnat faoliyatini 1997 yilda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi mulkning davlat ulushi bo‘yicha dividendlar hisoblanishi va foydalanishi ustidan nazorat qilish boshqarmasi 1-toifali iqtisodchisi vazifasidan boshlagan. 1999-2002 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi qimmatli qog‘ozlar va moliya bozori boshqarmasi bosh iqtisodchisi, bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing