Naqd valyuta mablag‘larini olib kirish va olib chiqish qoidalari o‘zgartirilmoqda

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Hukumat ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Hujjatda keltirilishicha, Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 30 yanvardagi 66-sonli qarorida Jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi naqd valyutasi va naqd chet el valyutasini O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali olib kirish va olib chiqib ketish qoidalari tasdiqlangan edi. 

Unga ko‘ra, jismoniy shaxslar tomonidan olib kirilayotgan va olib chiqib ketilayotgan 70 000 000 (yetmish million) so‘m ekvivalentidan ortiq miqdordagi naqd valyuta yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasini to‘ldirish va bojxona organi xodimiga taqdim etish yo‘li bilan bojxona nazoratidan o‘tkazilishi tartibi belgilangan edi. 

Endilikda Hukumat qarori kiritayotgan o‘zgartirishga ko‘ra, deklaratsiyalash miqdori 100 000 000 (yuz million) so‘m ekvivalentidan ortiq etib belgilanmoqda.

Shuningdek, hujjatga jismoniy shaxslar deklaratsiya to‘ldirish talab etiladigan belgilangan summadan ortiq miqdordagi naqd valyuta mablag‘larini deklaratsiyalamagan holda taqdim etganda, bojxona organlari xodimlari tomonidan jismoniy shaxslarga deklaratsiya to‘ldirish qoidalari tushuntirilishi haqidagi band kiritilmoqda.

Sohiba Komilovna


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

289

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing