Nagiyev “Golos”dan ketdi. Boshlovchi sanksiyalardan qo‘rqdimi?

Madaniyat-san’at

image

Rossiyalik aktyor va teleboshlovchi Dmitriy Nagiyev “Perviy kanal”dagi “Golos” shousining yangi mavsumida ishtirok etmaydi. Katta auditoriyaga ega bo‘lgan ushbu loyihaga boshlovchilik qilish vazifasi aktrisa Larisa Guzeyevaga ishonib topshirilgan. Bu haqda telekanal rasmiy saytida xabar berildi.

“Perviy kanal” prodyuseri Yuriy Aksyuta vaziyatga izoh berar ekan Dmitriy Nagiyevning o‘zi ko‘rsatuvga boshlovchilik qilayotganiga 10 yil to‘lganida ijodiy tanaffus qilish rejasi bo‘lganligini ma’lum qildi.

O‘z navbatida loyihaning yangi boshlovchisi Larisa Guzeyeva taklif u uchun kutilmagan bo‘lgani lekin barcha tanqidlarga tayyor ekanini ta’kidladi

“Ushbu loyiha 10 yoshda va hamma Nagiyevga o‘rganib qolgan. Shunday paytda uni o‘rnini egallash albatta qo‘rqinchli. Bunday vaziyatlarda hamma sizni solishtiradi. Men birorta loyihada boshlovchi almashganida odamlar yangi qahramonni “Salom, biz sizni kutgan edik” deb qarshi olganini ko‘rmaganman. Men o‘zimga otiladigan tanqid toshlariga tayyorman. Bu muqarrar”, degan Guzeyeva.

Ammo boshqacha qarashlar ham yo‘q emas. Ushbu xabar muhokamalarida ayrim rossiyaliklar Dmitriy Nagiyev Rossiya davlat kanallarida boshlovchilik faoliyatini olib borishi natijasida g‘arbning sanksiyalariga uchrashidan qo‘rqib “Golos” loyihasida boshlovchilik qilishdan bosh tortganini aytmoqda.  

Ma’lumot o‘rnida, Dmitriy Nagiyev 2012 yildan buyon “Golos” shousiga doimiy ravishda boshlovchilik qilib kelgan. 2014 yil fevral oyida u xuddi shu rolni “Golos. Deti” loyihasida ijro etgan, 2018 yil sentyabridan esa “Golos. 60+” shousini ham olib borayotgan edi.

Ushbu loyihada, turli yillarda Sevara Nazarxon, Nargiz Zokirova, Sardor Milano, Sabina Mustayeva, Madina Saidazimova va Shuhrat Turdixo‘jayev kabi asli kelib chiqishi O‘zbekistonlik bo‘lgan san’at vakillari ishtirok etgan.

 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

198

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing