Nahotki, nahotki? Bugundan “zapravka”larda benzin arzonlashadi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Bugun, 26 noyabrdan boshlab AI-80 markali avtomobil benzinning narxi arzonlashadi. Bu haqda “O‘zbekneftegaz” AJ Matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, bugun soat 21:30 dan “O‘zbekneftegaz”ning Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi barcha AYOQSHlarda AI-80 markali avtomobil benzini 6 890 so‘mdan sotuvga chiqadi.

“Benzin taqchilligini oldini olish uchun “O‘zbekneftgaz” AJ va “Tovar xomashyo birjasi” AJ hamkorligida chora-tadbir ishlab chiqildi.

Respublika hududidagi “O‘zbekneftgaz” AJning barcha AYOQSHlarda benzin bo‘lishi ta’minlanadi”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1160

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing