Nyu-Yorkda yashil tusdagi kelajak kutubxonasi quriladi
Bu qiziq
−
23 dekabr 2022
3115Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi Nyu-Yorkning shimoliy qismida joylashgan Uayt-Pleys ekologik toza shaharchasida yana bir yashil oyna bilan qoplangan kutubxona loyihasi taqdim etildi. Kutubxona loyihasi shaharchadagi boshqa binolar kabi yashil tusdagi oynalar asosida quriladi. Bu haqda “Archpaper” sayti xabar berdi.
Yangi “Vestchester” kutubxonasining umumiy maydoni 3200 metr kvadrat bo‘lib, bino o‘quv zali, sinf xonalari, yordamchi hamda umumiy xonalarga bo‘linadi. Loyihada ko‘rsatilishicha kutubxona binosining asosi betondan bo‘lib, uning ustki qismi yashil shishadan iborat maxsus devorlar bilan qoplaniladi. Yashil tusdagi oynalardan foydalanish shaharning binokorlik an’anasiga aylangan.
Bunday texnologiya asosida qurilgan binolarda quyosh nurlari xona haroratini mo‘’tadil ushlash imkonini yaratib beradi. Shuningdek, loyihaga ko‘ra kutubxona tomi energiya ishlab chiquvchi quyosh panellari bilan qoplanishi rejalashtirilgan. “Vestchester” kutubxonasining qurilishi 2024 yilda boshlanib, 2025 yilda yakunlanishi kutilmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, “Vestchester” kutubxonasi 1981 yilda ochilgan “Huntington Free Library” nomidagi tarixiy kutubxona yonida joylashgan bo‘lib, bu ikki bino o‘tmish va kelajak arxitekturasini bog‘lovchi inshootlar bo‘lishi kutilmoqda.
Nurmuhammad Fayzullayev
LiveBarchasi