Nyu-Yorkda muhojirlar uchun joy yo‘q – shahar meri

Olam

image

AQSHning Nyu-York shahri meri Erik Adams kecha, 15 yanvar kuni Meksika bilan chegaradosh El-Paso shahriga bordi va Amerikaning eng gavjum shahriga avtobuslar to‘la muhojirlarni jo‘natish uchun “Nyu-Yorkda joy yo‘qligini” e’lon qildi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Qayd etilishicha, Nyu-York merining muhojirlar masalasi bo‘yicha janubiy chegaradagi shaharga tashrifi ilk bor amalga oshirilgan. Tashrif davomida asli demokrat bo‘lgan mer o‘z partiyasidan saylangan Prezident Jo Bayden ma’muriyatini tanqid qilib, Amerikaning janubiy chegarasidagi muhojirlar inqirozi haqida “milliy hukumat o‘z ishini qilish vaqti kelgan”ini ta’kidlagan.

Shuningdek, respublikachilar tomonidan boshqariladigan shtatlar shimoldan Nyu-Yorkka va boshqa shaharlarga avtobuslar to‘la muhojirlarni jo‘natgan. Bu Nyu-Yorkdagi uy-joy inqirozini hamda shaharda uysizlar sonini oshirgan.

Adamsning ta’kidlashicha, allaqachon katta byudjet tanqisligiga duch kelayotgan Nyu-York uchun muhojirlar oqimi ortiqcha 2 milliard dollarga tushishi mumkin.

Ta’kidlash joiz, oxirgi oylarda Florida va Texas shtatlarining respublikachi gubernatorlari AQSHdan boshpana qidirayotgan minglab muhojirlarni demokrat siyosatchilar boshqaradigan shaharlarga, jumladan, Nyu-York, Chikago va Vashingtonga jo‘natdi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq prezident Bayden ham chegaradagi El-Paso shahriga muxojirlar masalasi bo‘yicha tashrif buyurgan edi.

Alibek Beyjanov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing