Nyu-Yorkda emlanganlarga 100 dollardan pul beriladi
Olam
−
29 iyul 2021
2547Ertaga, 30 iyuldan boshlab AQSHning Nyu-York shahrida koronavirusga qarshi vaksinaning birinchi dozasini olgan har bir fuqaroga 100 AQSH dollaridan pul to‘lab beriladi. Bu haqda shahar meri Bill De Blazio o‘zining Twitter sahifasida ma’lum qildi.
Shuningdek, bugundan boshlab emlash uchun majburiy ro‘yxatdan o‘tish bekor qilindi. Endi fuqarolar eng yaqin emlash punktiga kelib, istalgan vaqtda vaksina olishi mumkin.
Qayd etish kerakki, bu Nyu-York aholisini vaksina olishga rag‘batlantirishning birinchi usuli emas. Xususan, bahorda rasmiylar vaksina olgan Nyu-Yorkliklarga yutuq miqdori 5 million dollarlik lotereya tarqatgan bo‘lsa, nodavlat tashkilotlardan biri vaksina olganlikni tasdiqlovchi guvohnomani ko‘rganidan so‘ng noqonuniy bo‘lmagan marixuana va tamaki tarqatishni tashkil qilgandi.
Shahar sog‘liqni saqlash boshqarmasining ma’lumotlariga ko‘ra, hozirgi paytda Nyu-Yorkda aholining 54,4 foizi koronavirusga qarshi to‘liq emlangan, yana 4,8 foizi esa birinchi dozasini qabul qilgan.
LiveBarchasi