Nyu-York metrosida otishma. 13 kishi jarohatlandi

Olam

image

Bugun, 12 aprel kuni Nyu-York metrosida otishma sodir bo‘ldi, shuningdek portlovchi moddalar ham topildi. Oqibatda 13 kishi jarohatlandi. Bu haqda mahalliy politsiyaga tayanib, CNN xabar berdi.

Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, voqea Bruklin metro bekati, 4-avenyu va 36-ko‘cha yaqinida sodir bo‘lgan. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, hujumchi gaz bombasidan foydalangan. U gazdan himoyalovchi niqob va sariq qurilish jiletini kiyib, voqea joyidan qochib ketgan.

Nyu-York o‘t o‘chirish boshqarmasi vakilining ma’lum qilishicha, metro bekatidan bir nechta portlatilmagan portlovchi qurilmalar topilgan. Biroq, u aynan nima haqida gapirayotganiga aniqlik kiritmagan. 

Aytish joizki, politsiya voqea joyida “faol portlovchi qurilmalar” yo‘qligini ta’kidlagan.

Keyinroq politsiya voqeani terakt sifatida tekshirayotgani ma’lum bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

561

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made