Nyu-York ko‘chalari birinchi qorga burkandi
Olam
−
08 yanvar 2022
41667 yanvar kuni ertalabdan Nyu- York shahri qorga burkandi. Bu qish boshlanganidan buyon shaharda yoqqan birinchi qor bo‘ldi.
Haddan ziyod ko‘p yoqqan qor tufayli Nyu-York ko‘chalari bo‘ylab harakatlanish qiyinlashgan.
Qayd etilishicha, noqulay ob-havo nafaqat avtomobil harakati va temir yo‘llarining to‘xtatilishi, balki aviareyslarning qoldirilishiga ham sabab bo‘lmoqda.
Milliy ob-havo xizmatining ma’lumotlariga ko‘ra, ertalabdan buyon tinimsiz yoqqan qorning qalinligi Manxettendagi markaziy parkda 14 sm, Kvinsdagi La Guardia aeroportida esa 20 sm gacha yetgan.
Shahar ma’muriyati aholiga zarurat bo‘lmaganida ko‘chaga chiqmaslikni, iloji boricha uydan turib ishlashni tavsiya qilmoqda. Shahar bo‘ylab o‘tgan katta magistral yo‘llarda harakat to‘xtatilgani bois, fuqarolardan metro va avtobus kabi jamoat transportlaridan foydalanish so‘ralmoqda.
Nyu-Jersida ertalabdan buyon sodir bo‘lgan 90 dan ortiq avtohalokatlar tufayli markaziy ko‘chalarda mashinalar qatnovi kunduzgi soat 11 ga qadar cheklandi.
Qor yog‘ishda uzoq davom etadigan bo‘lsa, mamlakatning ayrim hududlarida maktablar yopilishi mumkinligi ma’lum qilingan.
Hozirda Nyu-York va Nyu-Jersi ko‘chalari maxsus texnikalar yordamidan qordan tozalanmoqda.
LiveBarchasi