MyUZTELECOM mobil ilovasi bonuslar tuhfa etishda davom etadi

Biznes

image

Ajoyib yangilik – biz bonuslarni taqdim etishda davom etamiz. Endilikda aksiya 2021 yilning 31 avgustiga qadar amal qiladi. MyUZTELECOM mobil ilovasidan foydalanib, bonusli Internet-to‘plamlariga sazovor bo‘ling. MyUZTELECOM universal ilovasini yuklab olganda va undan foydalanganda, sovg‘a sifatida 50 MB dan 3750 MB gacha bo‘lgan Internet-to‘plamlarning egasiga aylanasiz!

Qulay MyUZTELECOM mobil ilovasi – bu Milliy operator abonentlari uchun universal yechim bo‘lib, sizning xizmatlaringizni boshqarishdagi yagona yordamchingizga aylanadi. MyUZTELECOM yordamida siz aloqa va boshqa xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirishingiz, Internet-to‘plamlarini xarid qilishingiz, operator xizmatlarini faollashtirishingiz va o‘chirishingiz mumkin.

Endilikda MyUZTELECOM mobil ilovasi orqali xizmatlarni boshqarish va to‘lash nafaqat tez, balki foydali hamdir! Ilovani yuklab oling va sovg‘a sifatida 500 MB Internet-trafikka ega bo‘ling. Ammo, bu hali hammasi emas! Shaxsiy hisobingizni har to‘ldirganingizda yoki Internet-to‘plamlarini faollashtirganingizda, 3 kundan 7 kungacha bo‘lgan davrga sizga taqdim etilayotgan bonus turidan kelib chiqqan holda yuqori tezlikdagi va sifatli mobil Internetning bonusli MEGABAYTlariga mutlaqo bepul ega bo‘lasiz. Misol uchun, hisobingizni 10 000 so‘mdan 24 999 so‘mgacha to‘ldirganingizda, sizga 100 MB sovg‘a sifatida taqdim etiladi! Nominal qiymati 5000 MB bo‘lgan Internet-to‘plami xarid qilganingizda esa siz 250 MB bonusli trafikka ega bo‘lasiz!

Aksiya UZTELECOM GSM standartidagi jismoniy shaxs abonentlari, shuningdek “Faol” holatidagi “Mobil byudjet” xizmatiga ega korporativ mijozlar uchun ham amal qiladi.

MyUZTELECOM ilovasini quyidagi havolalar orqali yuklab olishingiz mumkin:

Android platformasi uchun;

iOS platformasi uchun.

Aksiya haqida batafsil ma’lumotlar bilan mazkur havola orqali tanishib chiqishingiz mumkin.

UZTELECOM – Milliy operator.

Website | Facebook | Instagram | Telegram | Texpodderjka


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

MyUZTELECOM GSM

Baholaganlar

36

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar