MUda katta tozalash. 10 nafar futbolchi jamoadan ketadi

Sport

image

Angliyaning “Manchester United” jamoasining 10 ga yaqin futbolchisi joriy yilning yozida klubni tark etishi mumkin. Bu haqda “Daily Mail” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “qizil iblislar”ning yangi bosh murabbiyi Erik ten Xag klubda katta o‘zgarishlar amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Niderlandiyalik murabbiyning rejalariga  Pol Pogba, Erik Beyi, Aaron Van-Bissaka, Edinson Kavani, Nemanya Matich, Xuan Mata, Li Grant, Jessi Lingard va Fil Jons kirmaydi. Shuning uchun, yuqorida nomlari keltirilgan futbolchilar “Manchester Yunayted”ni tark etadi.

Qayd etish joizki, MYU va ten Xag o‘rtasidagi kelishuv 2025 yilgacha mo‘ljallangan. Shuningdek, tomonlarning roziligi bilan bosh murabbiy bilan hamkorlikni yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati ham mavjud.

Hozirda “Manchester United”ni Ralf Rangnik boshqarmoqda. 63 yoshli mutaxassis 2021 yilning 3 dekabridan beri “qizil iblislar” jamoasini boshqarib kelmoqda. Germaniyalik murabbiy mavsum yakunida, “United”dagi rahbarlik lavozimlaridan birini egallaydi.

Ma’lumot o‘rnida, joriy mavsumda “Manchester Yunayted” Angliya Premer ligasining 37 ta o‘yinida 58 ochko jamg‘arib, musobaqa jadvalida 6-o‘rinda bormoqda.

 

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

39

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing