MYU yana Ronaldusiz qolishi mumkin

Sport

image

“Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronaldu “qizil iblislar” safiga qaytganidan mamnun emas. 37 yoshli portugaliyalik futbolchi o‘z agenti Jorje Mendesh bilan klubini o‘zgartirish borasida muzokara olib boradi, deb xabar beradi “Daily Star” nashri.

Manbaning yozishicha, Ronalduning qaror qabul qilishida “Manchester Yunayted” rahbariyati tanlagan yangi bosh murabbiyning nomzodi muhim rol o‘ynaydi.

Ronaldu mavsum oxirida faoliyatini davom ettirish uchun bir nechta variantga ega bo‘lish maqsadida yaqin vaqt ichida agenti bilan muzokaralar olib borish niyatida.  Krishtianu “Manchester Yunayted”ning vaqtinchalik ustozi Ralf Rangnikning uslubiga moslashishga urindi, ammo psixologik jihat portugaliyalikning o‘yin shakliga sezilarli darajada ta’sir qildi.

Eslatib o‘tamiz, yaqinda Krishtianu o‘zining antirekordini takrorlagan edi. Hujumchi ketma-ket besh o‘yindan beri gol ura olmayapti, bu uning 2010 yildan beri eng uzoq golsiz cyeriyasi hisoblanadi.

 

Shaxboz Qahhorov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

698

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing