MYU sobiq futbolchisi: “Ronaldu jamoaga faqat futbolkalar sotish uchun kerak”
Sport
−
24 fevral 2022 3548 1 daqiqa
"Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi Pol Parker Krishtianu Ronalduni tanqid qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, portugaliyalik hujumchi "Manchester Yunayted"ga asosan PR uchun kerak.
"Menimcha, klubga Ronaldu kerak, chunki u futbolkalarni sotilishiga yordam beradi. Klub esa shu tufayli ko‘p e’tirofga sazovor bo‘ladi. Ishonchim komilki, agar u to‘pni o‘zida yaxshi saqlab turadigan "Man Siti" kabi klubda o‘ynaganida, biz Ronalduni ko‘proq harakatda ko‘rar edik. Ayni paytda u yakkalanib qolgan va kamdan-kam hollarda to‘pga tegadi. "Manchester Yunayted"da hozir o‘yin modeli yo‘q", deydi Parker.
Ma’lumot uchun, 37 yoshli portugaliyalik yulduz joriy mavsumda "Manchester Yunayted" bilan APLning 22 ta o‘yinida maydonga tushib, 9 ta gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Shuningdek Ronalduning hisobida Yevropa Chempionlar ligasining 6 ta o‘yinida 6 ta gol ham mavjud.
Shaxboz Qahhorov
Live
Barchasi