MU “Napoli” hujumchisiga jiddiy qiziqish bildirmoqda

Sport

image

Angliyaning “Manchester United” jamoasi “Napoli”dan Viktor Osimxenni tortib olish harakatlaridan voz kechmayapti. Bu haqda “AreaNapoli” nashri xabar berdi.

“Manchester United” rahbariyati hujum chizig‘ini jiddiy ravishda kuchaytirish kerak, deb hisoblamoqda. Shuning uchun hujum chizig‘ini kuchaytirishi mumkin bo‘lgan bir nechta variantlar o‘rganib chiqilmoqda. “Napoli”ning nigeriyalik forvardi Viktor Osimxen “qizil iblislar”ning birinchi raqamli  transfer maqsadi bo‘lib turibdi.

“Manchester United” Osimxenni xarid qilish uchun transfer puli bilan birgalikda Atonio Marsyalni ham qo‘shib bermoqchi.

Marsyal ancha paytdan buyon “Yunayted” safida baxtli emas. Shu sabab u joriy yilning qishida “Seviliya” jamoasiga ijraga berib yuborildi.

“Transfermarkt” ma’lumotlariga ko‘ra, Osimxenning hozirgi bozor qiymati 60 mln yevroni tashkil qiladi.

Ma’lumot o‘rnida, joriy mavsumda Viktor Osimxen “Napoli” safida 28 ta o‘yinda maydonga tushib, 16 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

 

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

3

Reyting

3.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing