MU de Yong transferiga necha pul atagani ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Angliyaning “Manchester United” klubi “Barselona” yarim himoyachi Frenki de Yongni sotib olish uchun 50 million funt sterling (62 million dollar) yetarli bo‘ladi, deb hisoblaydi. Bu haqda  “The Sun” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “qizil iblislar” Pol Pogbaning o‘rniga futbolchi qidirmoqda va gollandiyalik yarim himoyachini asosiy maqsadi etib belgilagan.

Qayd etish joizki, De Yong “Kamp Nou”da qolishni istashini aytgan bo‘lsa-da, “Barsa”davom etayotgan moliyaviy muammolar tufayli de Yongni sotishga tayyor.

Eslatib o‘tamiz, de Yong 2019 yilda “Ayaks”dan “Barselona”ga o‘tgan edi. Niderlandiyalik yarim himoyachi o‘tgan mavsumda “ko‘k anorranglilar” safida La Liganing 30 ta o‘yinida maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. “Transfermarkt” portali 24 yoshli futbolchini 70 million yevroga baholamoqda.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

21

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing