MU bilan YeCHLni uch marta yutmasdim – Kroos

Sport

image

“Real Madrid” yarim himoyachisi Toni Kroos 2014 yili “Manchester Yunayted” futbolchisiga aylanishga yaqin bo‘lgan. Bu haqda Kroosning so‘zlariga tayanib, “Daily Mail” nashri xabar berdi.

“Manchester Yunayted” menga qiziqayotganini oldindan bilardim. Devid Moyes kelishi bilan buni tasdiqladi. Biz Moyes bilan "Manchester Yunayted"ning futbol rejalari haqida ko‘p gaplashdik va uning so‘zlari meni ishontirdi. Yakunda transferim borasida og‘zaki kelishib oldik. O‘sha paytda bitta farzandimiz bor edi. Shuning uchun jamoani o‘zgartirish unchalik qiyin emas edi”, degan “Real” futbolchisi.

Germaniya terma jamoasi a’zosining qo‘shimcha qilishicha, u “qizil iblislar” bilan Yevropa Chempionlar ligasini uch marta yutmagan bo‘lardi.

“Men faraziy narsalar haqida o‘ylaydiganlardan emasman. Ha, men “qizil iblislar” sharafini himoya qilishim mumkin edi. Men deyarli “Manchester Yunayted”ga bordim. Ammo voqealar rivoji bunday tugamadi. Agar, “Yunayted” tarkibiga qo‘shilsam, nima bo‘lardi degan fikrlar yo‘q. Chunki ularga aniq javob mavjud emas. Ishonch bilan ayta olamanki, men “Manchester Yunayted” bilan hech qachon uch marta Chempionlar ligasida g‘alaba qozonmagan bo‘lardim”, degan Kroos.

Ma’lumot o‘rnida, joriy mavsumda Toni Kroos “Real Madrid” safida 39 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma amalga oshirdi. Germaniyalik futbolchining “Real” bilan imzolagan shartnomasi 2023 yilning yozida yakuniga yetadi.

 

 


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

30

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing