MYU “Barsa” himoyachisiga katalon klubidan 2,5 baravar ko‘p maosh taklif qildi

Sport

image

“Manchester Yunayted” “Barselona” himoyachisi Ronald Arauxoni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Kataloniya klubi 22 yoshli futbolchi bilan yangi shartnoma shartlari bo‘yicha kelisha olgani yo‘q.

“Manchester Yunayted” urugvaylik futbolchiga yillik 10 million yevro maosh to‘lashga tayyor, “Barsa” esa 4 million yevrolik shartnoma taklif qilgan. Bu haqda "El Chiringuito" telekanali ma’lum qildi. 

Ma’lumot uchun, Arauxo joriy mavsumda “Barselona” bilan La Liganing 20 ta o‘yinida maydonga tushib, 3 ta golga mualliflik qildi. Futbolchining “ko‘k-anorranglilar” bilan joriy shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar amal qiladi.

 

Shaxboz Qahhorov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

10

Reyting

2.7

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing