MWC-2023: Huawei AKT sohasini yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildi

Biznes

image

2023 yilning 28 fevral kuni Barselonadagi Butunjahon mobil kongressi (MWC-2023) doirasida Huawei kompaniyasining Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo mintaqasidagi rahbarlari va O‘zbekiston Respubliki Raqamli texnologiyalar vazirligi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida O‘zbekistonda AKT sohasini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi aloqa operatorlari infratuzilmasini mustahkamlash to‘g‘risida kelishuvlarga erishildi.

Barselona bo‘lib o‘tgan Butunjahon mobil kongressi doirasida Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari Jamol Maqsudov Yaqin Sharq va Markiy Osiyo hududidagi aloqa operatori bilan ishlash bo‘limii prezident An Szay Huawei kompaniyasining O‘zbekistondagi direktor Chen Ssyakay bilan uchrashdi. Tomonlar uzoq muddatli hamkorlikni va o‘tgan yili MWC 2022 tadbirida tuzilgan memorandum doirasidagi qo‘shma ishlar, jumladan, Toshkent va Samarqandda yagona ma’lumotlarni qayta ishlash va saqlash markazini muvaffaqiyatli ishga tushirish hamda 5G texnologiyalarini joriy etish masalalari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar natijalarini muhokama qildilar, shuningdek, mamlakatda AKT infratuzilmasini yanada rivojlantirish borasidagi yangi rejalarni belgilab oldilar.

“Raqamli infratuzilma misli ko‘rilmagan yangi talablarga duch kelmoqda. 5G texnologiyalari, bulutli hisoblash va Sun’iy intellektning o‘zaro birlashuvi aloqa operatorlariga foydalanuvchilarning o‘zgaruvchan ehtiyojlarini optimal ravishda qondirishga hamda foydalanuvchilarga va sanoatga yangi marralarga ko‘tarilish va yaxshi tajribalar orttirish uchun ko‘proq imkoniyatlar yaratadi. MWC-2023 kabi global tadbirlar doirasida O‘zbekistonni raqamlashtirish masalasini tartibga soluvchi organlar va aloqa operatorlari bilan muhokama qilish va birgalikda rejalashtirish soddalashtirilgan, ekologik toza va intellektual AKT infratuzilmasini yaratish uchun mavjud muammolarni chuqurroq o‘rganish va ularni hal qilish yo‘llarini topish imkonini beradi. Umid qilamizki, bizning hamkorligimiz 5G'ning keng miqyosda rivojlanishiga, shuningdek, kelgusida 5,5 G'ga o‘tishga zamin yaratadi”, deydi Chen Ssyakay.

Barselonadagi Butunjahon mobil kongressi har yili aloqa operatorlari, yirik IT-kompaniyalar va AKT sohasini tartibga soluvchi organlarni bir joyga jamlaydigan AKT texnologiyalari sohasidagi eng yirik tadbirlardan biridir. K kongressu doirasida Raqamli texnologii vazirligi, quyi tashkilotlar va mahalliy aloqa operatorlari vakillaridan ideologii O‘zbekiston konferensii MWC-2023 tadbirida v Huawei kompaniyasining boshqa qator tadbirrida ishtirok etadi.

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing