Muzrabot va Karmana tumanlariga yangi prokurorlar tayinlandi
Jamiyat
−
29 iyul 2022
9421O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining buyrug‘iga asosan Islombek Rustamovich Xo‘jamuradov Surxondaryo viloyatining Muzrabot tumani prokurori etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lumot uchun, Islombek Xo‘jamuradov 1984 yilning 8 iyunida Qumqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. 2006 yilda Samarqand davlat universitetini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – huquqshunos.
Faoliyati davomida Surxondaryo viloyati prokuraturasi bo‘lim boshlig‘i, Jarqo‘rg‘on tumani prokurori, Surxondaryo viloyati prokurorining katta yordamchisi lavozimlarida ishlagan.
Muzrabot tumanining avvalgi prokurori Xurshidjon Erkinovich Erkinov esa Navoiy viloyati Karmana tumani prokurori etib tayinlandi.
LiveBarchasi