“Muzqaymoq chet elniki bo‘lsa...” 2022 yilda muzqaymoq eng ko‘p qayerdan import qilingan?
Bu qiziq
−
18 fevral 2023 13025 1 daqiqa
2022 yilda O‘zbekiston 11 ta xorijiy davlatdan qiymati 5,5 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 1,2 ming tonna muzqaymoq va muzqaymoq mahsulotlarini import qilgan. Ushbu mahsulot O‘zbekistonga eng ko‘p Rossiyadan kirib kelgan – jami 735 tonna. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.
Muzqaymoq va muzqaymoq mahsulotlari importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 398 tonnaga oshgan.
O‘tgan 2022 yilda import qilingan muzqaymoq va muzqaymoq mahsulotlarining eng katta ulushiga ega bo‘lgan davlatlar:
• Rossiya – 735 tonna;
• Qozog‘iston – 369 tonna;
• Fransiya – 36 tonna;
• Belarus – 32 tonna;
• Litva – 29 tonna;
• Italiya – 0,2 tonna;
• Niderlandiya – 0,1 tonna.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr