O‘zbekistonda qancha bank kartasi muomalada ekani ochiqlandi

Jamiyat

image

2020 yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra, 20,5 milliondan ortiq bank kartasi muomalada. Bu o‘tgan yilning shu davriga qaraganda 2,8 millionga ko‘p. Bu haqda Markaziy bank xabar bermoqda.

2019 yilda terminallar soni 392,3 mingtani tashkil etdi (2018 yilga nisbatan 147 mingta ko‘p). 2020 yil 1 yanvar holatiga bankomatlar va ma’lumot kiosklari soni 9203 tani tashkil etdi.

Yagona Umumrespublika protsessing markazi (UZCARD) to‘lov tizimida qariyb 18 million bank kartasi, 3800 bankomat va 230 mingdan ortiq to‘lov terminali mavjud.

Ma’lumotlarda keltirilishicha, savdo terminallari orqali milliy valyutada amalga oshirilgan tranzaksiyalar hajmi 71 trln. so‘mga yetgan. Bitimlarning o‘rtacha hajmi oyiga 5,9 trln. so‘mni tashkil etmoqda.

 Ta’kidlanishicha, 2019 yil oxiriga kelib savdo va xizmat ko‘rsatish punktlari HUMO to‘lov tizimining 170 mingdan ortiq zamonaviy terminali bilan jihozlangan. 2,4 milliondan ortiq bank kartalari muomalaga chiqarilib, 1650 ta bankomat ochilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

36

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing