Mutasaddilar qancha talaba qog‘ozda emas, amalda o‘z ishini topganini biladimi?

Jamiyat

image

Avval xabar berganimizdek, kecha, 4 noyabr kuni Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasida 2020 yil yakunlari bo‘yicha oliy ta’lim muassasalari milliy reytingini e’lon qilishga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Matbuot anjumanida QALAMPIR.UZ muxbiri Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘i Ulug‘bek Toshkenboyevga bugungi kunda oliy ta’limni tamomlagan bitiruvchilarning necha foizi qog‘ozda emas, balki amalda o‘z sohasidagi ishini topmoqda, barchamizga ma’lum bitiruvchilardan uch tomonlama shartnoma so‘raladi. Lekin uni ko‘pchilik talabalar imkoni bo‘lgan joydan olib keladi. Oliy ta’limda bu borada hisob yuritiladimi? deya savol bilan yuzlandi.

“Bandlik masalasiga keladigan bo‘lsak, davlat granti  asosida o‘qiyotgan talabalarimiz bor. Bu talabalarning 100 foiziga davlat tizimida tegishli muddatda ishlaganidan so‘ng, diplom beriladi. Kontrakt asosida o‘qigan talabalarni ham Oliy ta’lim muassasalarining hammasi tegishli hisob-kitobini amalga oshiradi”, deb javob berdi Ulug‘bek Toshkenboyev.

Shu o‘rinda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari Komiljon Karimov o‘z fikrini bildirdi.

“Magistraturaning  muhim jihati shundan iboratki, u ko‘proq ilma yo‘naltiradi. Shuning uchun albatta, magistratura bosqichi ham yuqori kvalifikatsiyaga ega bo‘lgan kadrlarni tayyorlash uchun juda muhim o‘rin tutadi. Yildan yilga, ayniqsa oxirgi 3-4 yilda magistratura uchun davlat tomonidan ajratilayotgan kvotalar keskin ravishda oshirildi. Hozir yonimda aniq ma’lumot yo‘q lekin, kamida 10 foiz bakalavr bitiruvchilari bevosita o‘qishni magistraturada davom ettirmoqda,” deydi u.

Eslatib o‘tamiz, nufuzli xorijiy oliygohlarning Phd  yoki DSc ilmiy darajasini olgan professor-o‘qituvchilar soni bo‘yicha OTMlar reytingi tuzilgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

99

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing