Mutaxassislar Windows XP’dan foydalanishdan ogohlantirmoqda
Texnologiya
−
30 may 2023
5969Noma’lum shaxslar Windows XP uchun kalit tanlash algoritmini buzib kirdi. Mutaxassislar foydalanuvchilarni XP’ni ishlatishdan ogohlantirmoqda. Chunki 20 yildan ko‘proq vaqt oldin chiqarilgan tizim zamonaviy xavfsizlik talablariga javob bermaydi. Bu haqda “The Register” xabar berdi.
Tinyapps blogida eskirgan Windows dasturini faollashtirish uchun kalitlarni yaratish imkonini beruvchi dastur aniqlangan. Yordamchi dastur yaratuvchilarning fikriga ko‘ra, xizmatdan foydalanib, Microsoft serverlariga ulanmasdan oflayn rejimda joriy faollashtirish kalitlarini yaratish mumkin.
Mutaxassislarning fikricha, xakerlar Windows XP’ni faollashtirish algoritmini buzgan va kalitlarni qanday yaratishni 2019 yilda o‘rgangan, biroq bu vosita Microsoft serverlari bilan aloqa qilishni talab qilgan. Yangi dastur operatsion tizimni butunlay oflayn rejimda faollashtirish imkonini beradi.
Nashr jurnalistlarining ta’kidlashicha, 2001 yilda chiqarilgan Windows’ni buzish vositasi kimga kerak bo‘lishi mumkinligi noma’lum. Mualliflar eskirgan operatsion tizim Microsoft’ning joriy versiyalarini qo‘llab-quvvatlamaydigan ilovalarni ishga tushirish uchun foydali bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda. Xulosa qilib aytganda, mutaxassislar iste’molchilarni XP’dan foydalanishdan ogohlantirgan, chunki 20 yildan ko‘proq vaqt oldin chiqarilgan tizim zamonaviy xavfsizlik talablariga javob bermaydi.
Xususan, joriy yilning aprel oyi boshida YouTube blogeri Enderman ChatGPT yordamida Windows 95 uchun litsenziya kalitini olishga muvaffaq bo‘lganini aytgan. Muallif tizimning qonuniy cheklovlarini chetlab o‘tishga muvaffaq bo‘lgan.
LiveBarchasi