Mutaxassis “jetlag”dan qutulish yo‘lini aytdi 

Foydali

image

Uzoq parvozdan so‘ng sog‘liqni qanday tiklash kerak? “Jetlag” (kunduzgi va tungi ritmning almashib ketishi) muammosini qanday hal qilish mumkin? Sayohatlar bo‘yicha mutaxassis Jonatan Liri ushbu masalada ma’lumot berdi. Bu haqda “The Sun” xabar bergan. 

“Haqiqat shundaki, parvoz paytida odam magniy yo‘qotadi. Shuning uchun men sayohatchilarga qo‘ngandan keyin magniy glitsinatini qabul qilishni maslahat beraman. Bu qaysi vaqtda bo‘lishingizdan qat’i nazar, dam olishga, stressni yengillashtirishga va tinchlanishga yordam beradi”, deb tushuntirgan Liri. 

Mutaxassisning qo‘shimcha qilishicha, tabletkalardan tashqari, ushbu moddaga boy mahsulotlarni ham yeyish mumkin. Bularga sut va don mahsulotlari, loviya, baliq kiradi.


Maqola muallifi

Teglar

jetlag

Baholaganlar

122

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar